Государственная программа

Mahsulotlar reklamasi davlat tilida bo‘lishi tushuntirildi

TTSA bosh direktori maslahatchisi tizim tashkilotlarining Bekobod shahar filiallari masʼullari bilan birgalikda Toshkent viloyati Bekobod tumanida faoliyat yuritayotgan "XON QIZI" MCHJda bo‘lib, ishlab chiqarishdagi mavjud muammolar o‘rganildi. Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan chiqarilayotgan tayyor tikuv mahsulotlari "Yengil sanoat mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida"gi umumiy texnik reglamenti (UzTR.148-008:2016) talablari asosida to‘liq sinovdan o‘tkazildi va 21 nomdagi mahsulot uchun muvofiqlik sertifikati topshirildi.

"XON QIZI" MCHJ rahbari Shoxida Rustamjanova jamiyatdagi ishlab chiqarish jarayonlari tanishtirdi. Tadbir davomida korxona vakillariga mutaxassislar tomonidan qonunchilikdagi o‘zgarishlar va tadbirkorlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar, tushunchalar, yangiliklar va ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Korxona tomonidan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda texnik reglament, xalqaro standart va metrologiya talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarurligi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida mahsulotlarni eksport qilish uchun ISO, OEKO TEX va SEDEX xalqaro standartlari asosida sertifikat va ruxsatnomalar olishda amaliy yordam ko‘rsatilishi aytib o‘tildi. Shuningdek, 9 sentyabrdan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyati, mahsulotlarni reklama qilishda eʼtibor qaratilishi zarur bo‘lgan masalalar haqida tushuntirishlar berildi.