Qoraqalpog'iston haqida

Qoraqalpogʻiston — parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan O'zbekiston respublikasi tarkibidagi suveren demokratik respublikadir. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi — koʻp partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi (QR JK). Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi raisi respublika rahbari hisoblanib, u Joʻqorgʻi Kengesh deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Hududi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpogʻiston oʻz davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrogʻiga ega.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar, shuningdek, qozoqlar, qirgʻizlar, turkmanlar, rus, ukrainlar tatar, koreyslar va boshqa oʻtizga yaqin millatlar yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 9,4 kishi. Shahar aholisi 48,5 %, qishloq aholisi 51,5 %. Davlat tillari — qoraqalpoq va oʻzbek tillari. Etnik tarkibi — O'zbeklar 38,8 %, Qoraqalpoqlar 35,8 % Qozoqlar, 11,8 % boshqa millatlar. Dindorlari — musulmon sunniylar. Yirik shaharlari: Nukus (siyosiy ahamiyati boʻyicha Toshkentdan keyin 2-oʻrinda), Toʻrtkoʻl, Taxiatosh, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot, Chimboy.[1] Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 millionga yaqin kishi yashaydi.(2022-yil)

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. U bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining oʻrinbosari hamdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi